Toshkent shahar Sergeli tumanida haydovchi ijaradagi Matiz’ida 118 ta qoidabuzarlik sodir etgani aniqlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Keltirilishicha, byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida YHXB organlari qarorlariga asosan Matiz haydovchisi N.A. jami 118 ta qoidabuzarlik sodir etib, 52 million so‘mdan ortiq ma’muriy jarimaga tortilgan. Haydovchi yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo‘l chiziqlarini bosib, qoidabuzarlik sodir etgan.
Aniqlanishicha, ayol kishiga tegishli bo‘lgan avtomashina ijara sifatida N.A.ga berilgan va u tomonidan 118 ta qoidabuzarlik sodir etilgan. Byuroning Sergeli tuman bo‘limi qarzdor fuqaroga tegishli bo‘lgan Matiz’ga qidiruv e’lon qilinib, qidiruvdan topilgan avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi. Xatlangan transport vositasini qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)