• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Otabek Nuritdinovning burilishlarga boy hayot yo‘li

    Otabek Nuritdinov 1984-yilda tug‘ilgan. Hozirda Londondagi o‘zbekistonliklar asos solgan Moneff kompaniyasida biznes jarayonlarni rivojlantirishga mas’ul. Buyuk Britaniyadagi o‘zbekistonliklarni turli tadbir va loyihalar orqali birlashtirish, vatanga xayriya mablag‘larini yig‘ish kabi ishlarda faol tashkilotchi. Qahramonimiz o‘zining bolaligi, karyerasini qurish davrlari, sport, sog‘liq, oilasi, onasi va orzulari haqida so‘zlab berdi. 

    Olimlar shaharchasida ulg‘ayish

    Bolaligim Toshkentda, Yadro fizikasi instituti olimlari uchun tashkil etilgan Ulug‘bek posyolkasida o‘tgan. Ota-onam fizika sohasi olimlari. Samarqanddan shu institutda ishlash uchun poytaxtga kelishgan. Dadam — Izzatilloh Nuritdinov, hali ham shu institut professori. Onam — Hafiza Nasrulloh, institutda qisqa vaqt ishlagandan so‘ng ijtimoiy masalalar, ayollar muammolari, tarix, jurnalistika va falsafa yo‘nalishida faoliyat yuritdi va O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtlarda Xotin-qizlar qo‘mitasi oyoqqa turishiga katta hissa qo‘shgan.

    Ota-onamizdan namuna olib o‘qish, izlanish va o‘z ustida ishlash kabi muhim xislatlarni har qanday insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan tabiiy fazilatlar sifatida qabul qilganmiz. Boz ustiga, bolaligim O‘zbekiston endi mustaqillikka erishib, oyoqqa turayotgan yillarga to‘g‘ri kelgan. Davlat ilm uchun mablag‘ ajrata olmagan davrlarda olimlar ro‘zg‘or tebratish uchun o‘zini turli sohalarga urib, o‘z komfort hududlaridan chiqishga majbur bo‘lganini ko‘rish menda keyinchalik hayotda kerak bo‘ladigan ko‘p sifatlarni tarbiyalagan.

    Ota-onam, ular yaratgan muhit, tarbiya, akam va opamning qo‘llovi, yo‘l-yo‘rig‘i bugungacha erishganlarim zamiridagi muhim omillardir.

    Murosasiz yoshlik, Kontrakt emas, grant. Meynstrim emas, internet...

    Ilmdan bo‘sh vaqtlarda tor va rubob chalib, qo‘shiq aytadigan dadam, dolzarb muammolarni yoritadigan maqolalar bilan O‘zbekistonning oldi gazeta jurnallarida ijod qilib kelgan onam tufayli men yoshlikdan kreativlikka intildim. Chizgan rasmlarimni odamlar ko‘rib zavqlansa, men ham xursand bo‘lardim. Ijod orqali odamlarda qandaydir hissiyotlar tug‘dira olish superqobiliyatdek edi go‘yo. Shuning uchun maktabni bitirib, insonlar hayoti va hislariga kattaroq ko‘lamda ta’sir ko‘rsata olish uchun jurnalistikani tanladim. Xorijiy tilga qiziqqanim uchun, Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetiga tayyorlana boshladim.

    2000-yil birinchi marta imtihon topshirganimda kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindim, lekin to‘rt yil pul to‘lash mas’uliyatini bo‘ynimga olishni istamadim. Yana bir yil qattiqroq tayyorlanib, ikkinchi urinishda grant asosida o‘qishga kirdim. O‘qish davomida juda ko‘p yaxshi insonlar bilan hayot yo‘limiz kesishdi, ko‘p narsa o‘rgandim. Universitetdagi ta’lim, “Ma’rifat” gazetasida amaliyot o‘tash, keyin ishlash, nafaqat jurnalistika nazariyasi, balki uning asl ahvoli, qiyinchiliklari bilan ham tanishish imkonini berdi. Bosma va televizion OAV so‘z erkinligidan yiroqligi, fakultetda ta’lim bilan birga ichki senzurani singdirish elementlarini kuzatib, yangi shakllanib kelayotgan alternativ media, xususan, internetga qiziqishim ortdi.

    Natijada o‘zim vebsayt yasashni, fotoshop orqali dizaynlar qilishni o‘rgandim. Kursdoshim va do‘stim Davronbek Tojialiyev bilan u tashkil qilgan “Ziyo.uz” portalining ilk versiyasini bizning uydagi kompyuter orqali internetga yuklaganimizdagi hayajon hali ham esimda.

    Foto: Uzbekistans.club

    Turkiya, tanazzul, tadbirkorlik

    Turk litseyida o‘qiganman. Turk tili va madaniyatini katta ishtiyoq bilan o‘rganganman. AQSH va Germaniyaga grant dasturlari orqali ketish nasib qilmagan bo‘lsa-da, universitetni bitirayotib, o‘sha paytda Angliyada yashayotgan akamning tavsiyasi bilan Turkiyaga ketdim. U yerda naq 6 yil yashadim. 2008-yilgi jahon inqirozi ortidan men ishlagan kompaniya qiynalib qoldi…

    Onam meni harakatchan bo‘lishga, mehnat qilib pul topishning qadriga yetishga ko‘p tashviq qilgan. Maktabda yozgi ta’tillarim mahallamiz bozorchasida ular pishirgan somsalarni, keyinchalik “Oloy” bozorida ayron, qovun-tarvuz, Sergeli mashina bozorida gazli ichimliklar sotish, Yunusoboddagi qassoblik, repetitorlik kabi g‘imir-­g‘imirlar bilan o‘tardi.

    Oradan yillar o‘tib, endi Turkiyada tadbirkorlik qilish imkoni tug‘ildi. Bir kichik reklama byurosini sotib olib, uni tez orada shahrimizdagi birinchi raqamli marketing agentligiga aylantirdik. O‘z ishini yuritishning eng katta afzalliklaridan biri bu — erkinlik, o‘z vaqtingizni o‘zingiz boshqarishingizdir. Men o‘shanda endi oila qurgan va farzandli bo‘lganim uchun bu erkinlik juda asqatgan edi.

    Magistraturadan katta “to‘rtlik” va startaplar olamigacha

    Rivojlangan chet mamlakatida ta’lim olish va malakaga ega bo‘lish orzusi hamda akamning Angliyada mavjud bo‘lgan kengroq imkoniyatlar haqidagi maslahatlari meni London Metropolitan universitetiga to‘liq grant yutib olib, yana bir bor ko‘chishimga sabab bo‘ldi. Magistraturada bir yil o‘qiganimdan keyin Britaniyada qolish uchun ishchi vizasini olishga homiy ish beruvchi kerak edi. O‘z soham marketing bo‘yicha ishga kirish qiyin. Biroq global konsultatsiya va moliya kompaniyalari har yili yuzlab talabalarni ishga olardi. Ular xodimlar olishda moliya sohasidagi diplomga emas, insoniy sifatlarga e’tibor bergani uchun Deloitte kompaniyasiga auditor sifatida qabul qilindim. Qolganini ularning “fakulteti”da o‘qib oldim.

    Ham olti yil faoliyat yuritganim “Katta to‘rtlik”dagi Deloitte, ham undan keyingi ish joyim Mitsui hayotimda muhim rivojlanish omili bo‘ldi. Navbatdagi ikki tajribam – marketing va texnologiyalar hamda moliya kesishuvidagi yo‘nalish fintex maydonidagi London o‘zbeklari asos solgan kompaniyaga chaqirishdi. Korporatsiyalardagi karyera hamda startap dunyosi tanlovida men ikkinchisini o‘zim uchun jozibali deb topdim. Zarracha ham afsus qilmaydiganim shu qaror ortidan bilim, tajriba, xatolar, xulosalar, shaxsiy va professional o‘sish ergashdi.

    Erkak ayolining izlanishlarida yordamlashishining foydasi

    Ikki yil avval turmush o‘rtog‘im nutritsiologik terapiya sohasida malaka oshirishni boshladi. O‘shanda biz bu sohadagi yangiliklarga qiziqib, turli gadjetlarni tekshirishni boshladik. Ulardan biri davomiy glyukoza monitori bo‘lib, ushbu uskunani ikki hafta davomida taqib yurdim. Qiziqish bilan boshlangan ushbu tajriba orqali mening organizmimda glyukoza normadan balandligini aniqladik. Keyin diabetga moyil (prediabet) deb tashxislandim. Shifokorlar “ratsionga e’tibor bering, sport bilan shug‘ullaning”, dedi.

    Avvallari o‘zimni sportga yaqin inson deb hisoblamas edim. Lekin hozir sport insonning ham shaxsiy, ham professional hayoti uchun juda muhimligini anglab yetdim. Bizning badanimiz, organizmimiz – bamisoli butun umr yashaydigan xonadonimiz. Nega sotib olib yashaydigan uyimizga doim e’tibor berib, ta’mirlab, uskunalar olib, yaxshi qaraymiz-u, bir umr o‘zimiz yashab keladigan tanamiz haqida shunday qayg‘urmasligimiz kerak? Qaysi sport bilan shug‘ullanishga ikkilanganimda men uchun eng osoni yugurish degan, xulosaga keldim. Chunki boshqa sport turlari uchun yo maxsus joy, yo maxsus uskuna, yo jamoa kerak edi. Yugurishga esa bir juft yugurish poyabzali va ko‘cha bo‘lsa bo‘lgani. Bizning CTO’miz bir necha yildan beri yugurish bilan professional shug‘ullanadi. U maslahatlar va yo‘l-yo‘riq berdi, trener bilan tanishtirdi. Shu bilan yugurishga kirishdim.

    Ona xotirasi va uning maqsadlarini ro‘yobga chiqarish

    Aytganimday, onam O‘zbekistonda ayollar muammolarini yoritish, bu borada ilmiy ishlar va maqolalar yozish bo‘yicha ko‘p tadqiqot olib borgan. Shu mavzudagi konferensiyalarda faol qatnashib kelgan. Mening internetga qiziqishim bilan onam jahon o‘rgimchak to‘rining cheksiz imkoniyatlarini payqadi va 2002-yilda ayollarga bag‘ishlangan o‘zbek tilidagi ilk elektron jurnal – “Ayol.uz”ga asos soldi. Bu platforma orqali onam o‘z yozgan materiallari bilan dunyo auditoriyasiga chiqishni maqsad qilgan edi.

    Afsuski, sayt faoliyat boshlaganidan keyin bir necha oy vaqt o‘tib onam avtohalokat qurboni bo‘ldilar. Onamning xotirasi va reja qilgan maqsadlarini amalga oshirish uchun saytni o‘z kuchimiz bilan yuritishda davom etdik. Qisqa vaqtda bu sayt ommabop bo‘lib, bir nechta internet tanlovlari sovrindoriga aylandi. Ayol.uz yonida erkak.uz va farzand.uz loyihalarini ham tashkil qildik. Maqsad ayollarimiz, erkaklarimiz va farzand tarbiya qilayotganlar uchun foydali maslahatlar berib boradigan resursni yo‘lga qo‘yish bo‘lgan.

    Odamlarga naf keltirish orzusi

    Orzum har doim bir bo‘lgan: boshqalarga nafi tegadigan ishlar qilish, ularning hayotini biroz bo‘lsa ham yaxshi tarafga o‘zgartirish. Bolalikda rasm chizib, kimnidir quvontirishdan tortib, texnologik yechimlar bilan millionlab insonlarning moliyaviy masalalarini yengillashtirishgacha… Dunyodagi har qanday ijobiy o‘zgarishga o‘z hissamni qo‘sha olsam, orzum ushalgan deb hisoblayman.

    Mening Turkiyaga ketishim, uning ketidan Angliyada magistraturada o‘qib “Katta to‘rtlik”dan birida ishlaganim ko‘p yoshlarda qiziqish orttiradi va ko‘pchilik yoshlar maslahat bilan murojaat qilishadi. Doim ularga qo‘ldan kelgancha maslahat bilan yordam berishga harakat qilib kelaman. Keyinchalik o‘rgangan mavzulardagi qiziq ma’lumotlarni, ish faoliyatimdan kelib chiqqan tajribalarim bilan kengroq auditoriya bilan baham ko‘rish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek va ingliz tillarida postlar yozib turaman. Mening falsafamda bilim bu bizga berilgan omonat, uni xuddi biz boshqalardan olib o‘rganganimizday, boshqalarga tarqatishga mas’ulmiz.

    Albatta, biz o‘zimiz tushungan va bizga yaqin bo‘lgan masalalarda ko‘proq foyda keltira olamiz. Men deyarli 20 yildan beri chet elda yashayman. Vatandan uzoqda yashayotgan o‘zbekistonliklarning o‘zaro jipslashishi, bir-birini qo‘llab, maslahatlar berishi juda muhim. Turkiyadaligimdayoq chet eldagi o‘zbeklarni birlashtiradigan qanday loyiha bo‘lsa, qatnashishga harakat qilganman. Britaniyaga kelib ham shu yo‘nalishda faol bo‘lishga urinaman.

    Buyuk Britaniyada o‘zbekistonliklar jamiyatining dinamikasi doim vatandagi siyosat, uning hukumatining kayfiyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shunday paytlar bo‘ldiki, asosan Londondagi elchixonamiz tashabbusi bilan tadbirlar o‘tkazilardi, unga ham ko‘pchilik bir ilojini qilib, bormaslik payida bo‘lardi. Moliya sohasida ishlaydiganlar alohida, siyosiy qochoq yoki siyosatchilar alohida, boshqa soha vakillari yana ayro bir holatda o‘ta sust aloqada bo‘lardilar.

    Bugun Britaniyadagi o‘zbekistonliklar ancha birdam. Buni YTTB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya loyihalari, pandemiya paytida vatan uchun ko‘rsatilgan gumanitar ko‘mak, Navro‘z, Mustaqillik bayramlaridagi faolliklarda ko‘rish mumkin. Ehtimol, 2023-yilning iyun oyida London shahrida, Tauer Brij ostida o‘tkazilib, minglab qatnashchini o‘z bag‘riga chorlagan o‘zbek madaniyati va taomlari festivali ana shu pozitiv tendensiyaning yaqqol namunasi bo‘ldi.

    Britaniyadagi o‘zbekistonliklar uchun yana bir muhim masala bu — ikkinchi avlod vatandoshlar, ya’ni farzandlarimiz, bu yerda katta bo‘layotgan yigit-qizlardir. Ularga o‘zbek tili va madaniyatini o‘rgatish, o‘z qadriyatlarini saqlab qolishda ko‘maklashish nihoyatda zarur. Shuning uchun 2018-yilda O‘zbekiston madaniyati markazi tashkil etildi.

    Gohida ko‘pchilikning hamohang xatti-harakatlarini talab qiladigan diaspora loyihalariga kimdir bosh bo‘lishi, hammani faollikka chaqirib turadigan insonlar kerak. Agar qaysidir lahzada ana shunday vazifani o‘z bo‘ynimizga olish kerak bo‘lsa, bundan hech qachon qochmaganmiz. Buni jamiyatim oldida o‘z burchimni ado etish, ijtimoiy javobgarligim deb bilaman.

    Saidaziz A’zamov suhbatlashdi.

    Bu maqola avvalroq Uzbekistan’s club jurnalida chop etilgandi.

    14.03.2024, 22:25   Izoh (0)   10736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 14-martning eng muhim xabarlari

    14.03.2024, 22:15

    O‘zbekistonda 2024-yilning ikki oyida qancha nikoh qayd etilgani ochiqlandi

    14.03.2024, 22:05

    Toshkentda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

    14.03.2024, 21:50

    O‘zbekiston va Eron oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlari ishlab chiqiladi

    14.03.2024, 21:30

    Toshkent viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj 56 nafar fuqaroga 480 mln so‘m ajratildi

    14.03.2024, 21:12

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    14.03.2024, 21:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev APL klubi “short-listi”dan joy oldi (foto)

    Sport | 16 iyun, 10:50

    Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:44

    Eronliklar poytaxtni ommaviy tark etmoqda (video)

    Dunyo | 16 iyun, 10:43

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 10:15

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:15

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    Layfstayl | 16 iyun, 10:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Botafoga” ilk turda g‘alaba qozonib, “PSJ” bilan guruhda yetakchilik qilmoqda

    Sport | 16 iyun, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.