Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi metan zapravkalarning birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar taraldi. Viloyat FVB matbuot xizmati buni rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, 9-mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasidagi kompressor qismining bir bo‘lagi shikastlangan.
Hodisa oqibatida chaqnash va yong‘in sodir bo‘lmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz to‘ldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.
“Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)