45 mingdan ortiq kishi Aleksey Navalniy xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining bir qismini qayta nomlash haqidagi petitsiyani imzoladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Faollar marhum siyosatchi xotirasiga Berlinning Barenshtrasse ko‘chasining Rossiya Bosh konsulligi kirish eshigi va rossiyalik diplomatlarning turar joy binolari joylashgan qismiga qayta nom berish uchun 6-mart kuni mazkur ko‘chada aksiya o‘tkazgan.
Biz qonuniy talab qilinadigan besh yilni kutmasdan, hoziroq ko‘cha nomini o‘zgartirishga chaqiramiz. Aleksey Navalniyning beqiyos qurbonligini zudlik bilan tan olish butun dunyo bo‘ylab qutqarish mumkin bo‘lgan minglab boshqa siyosiy mahbuslar taqdiriga e’tiborni qaratish uchun zarur, — deyiladi petitsiyada.
Petitsiya 19-fevral kuni boshlangan. Faollar Berenshtrasseda Navalniy ko‘chasi yo‘l korsatgichi, shuningdek, rossiyalik siyosatchi Vladimir Kara-Murza hamda yana bir qancha hibsdagi shaxslar haqidagi ma’lumotlar yozilgan bannerlarni o‘rnatgan.
Izoh (0)