Olti haftalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi HAMAS rahbariyatiga to‘g‘ri kelmadi. U Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqib ketishini talab qilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish evaziga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejasi guruh rahbariyatiga to‘g‘ri kelmagan. HAMAS o‘z bayonotida Isroilning doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, G‘azodan jangchilarni olib chiqib ketish hamda ko‘chirilgan aholini shimoldagi uylariga qaytarish talablarini bajarishdan bosh tortganiga ishora qilgan. HAMAS vositachilar bilan muzokaralarni davom ettirishini aytgan.
Ular ramazon oyi boshlanishidan oldin kelishuvga erishishga umid qilgan edi.
5 oylik urush davomida anklavning ko‘p qismi xarobaga aylangan. Gumanitar yordamni quruqlikdan yetkazib berish janglar va ularni ‘‘SAXAL’’ bilan muvofiqlashtira olmagani sababli qiyinlashgan. BMTga ko‘ra, G‘azo aholisining to‘rtdan biri ochlikdan aziyat chekmoqda.
Avvalroq anklavning shimoliy qismi aholisiga havodan gumanitar yordam berilgan edi. Yordamda AQSH, Iordaniya, Misr va Fransiya samolyotlari ishtirok etgan.
Izoh (0)