• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktab va “metan”dagi holat: jamiyat nega agressiv bo‘lib qolgan?

    Yakunlanayotgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 2 ta video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Birinchi video Toshkent shahridagi 103-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Ikkinchi videodagi holat esa Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan zapravkada. “Daryo” ushbu voqealarni Jamshid Muslimov bilan tahlil qiladi.

    – Jamshid aka, birinchi videoda maktab o‘quvchilari o‘z o‘qituvchisini ustidan kulib, uni mazax qilmoqda. Ikkinchi videoda esa bir to‘da odamlar bir bolani do‘pposlamoqda. Bu ikki voqea o‘rtasida siz qandaydir bog‘liqlik ko‘rmayapsizmi va bu voqeliklarni siz nima deb atagan bo‘lar edingiz?

    – Bu ikki voqeani bir-biriga bog‘laydigan jihat – bu inson omili. Ya’ni insonning zo‘ravonlikka bo‘lgan moyilligi. Bolalarda va yoshlarda bu tabiiy holat. Bu hozirgi zamonning natijasi emas, bunday holatlar oldin ham bo‘lgan. Metan quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan to‘polon ham odamlardagi zo‘riqish natijasida olomon ruhiyati birdaniga qo‘zg‘alib ketgan. Bu insonning tabiati. Insonning tabiatini tartibga solib turuvchi narsa esa madaniyat hisoblanadi. Bu madaniyatning ichiga o‘zining va boshqalarning haq-huquqlarini hurmat qilish, odob saqlash kabilar kiradi.

    – Mixail Bulgakov o‘zining “Usta va Margarita” asarida “jodugarlik bir boshlanmasin, boshlansa, to‘xtatib bo‘lmay qoladi” deb yozgan edi. O‘zbek jamiyatida vahshiylik, toqatsizlik va aqlsizlik bilan bog‘liq Bulgakov taʼriflaganidek “jodugarlik” boshlandimi? Agar boshlangan bo‘lsa, uning sabablari nimada?

    Jamshid Muslimov, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    – O‘zbek jamiyatida “jodugarlik” avj olib ketdi deb hisoblamayman. Lekin bunday holatlarni oldini olish uchun choralar ko‘rilmasa, bu holatlar avjiga olib, madaniyat va odob-axloq orqada qolib ketadi. Bu xuddi korrupsiyaga o‘xshaydi. Agar korrupsiyaga qarshi kurashilmasa, u jamiyatda axloqiy jinoyatdan normal holatga aylanib qoladi. Xuddi shu singari sodir bo‘layotgan vahshiyliklar bora-bora normal holatga aylanib ketib qolishi mumkin.

    – Bunday holatlarni oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak deb hisoblaysiz?

    – Keling, birinchi maktabdagi holatdan boshlasam. Bolalarning zo‘ravonligi tabiatan mavjud. Sovet davrida bunday holatlar bo‘lmagan, deganlar ham bor. Bu bo‘lmagan gap. Sovet davrida ham maktablarda shunday zo‘ravonliklar uchrab turgan. Chunki yosh bolalarda empatiya hali shakllanmagan bo‘ladi. Agar bola zerikib ketsa ham shunday holat yuz berishi mumkin. Bolaning zerikishi bilan, katta odamning zerikishi o‘rtasida farq mavjud. Bola bolalardek o‘yinga to‘yina olmasa, darslar uni qiziqtira olmasa, unga nisbatan qattiq munosabatda bo‘linsa, 3-4 soat darslarda bola portlaydi. Va mana shu portlashga ham jismonan, ham ruhan zaif o‘qituvchi to‘g‘ri kelib qolsa, u qurbon bo‘ladi.

    Maktablarda ideal darslar o‘tilganda ham, bunday holatlar bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shuning uchun o‘qituvchilarda bunday vaziyatlarga avvaldan tayyorlik bo‘lishi kerak. Agar dars vaqtida biron o‘quvchi shovqin ko‘tarib, sinfda g‘ala-g‘ovur boshlasa, o‘qituvchi bolaga teng kelib, unga kuch ishlatishga harakat qilmasin. Balki direktorga xabar berishi yoki bolalarning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Lekin bu vaziyatda bolani va uning ota-onasini aybdor qilib qo‘yish kerak emas.

    Toshkent shahri 103-sonli maktabda sodir bo‘lgan voqea

    Gaz quyish shoxobchasidagi vaziyat bu katta odamlarning muammosi. Davlatda har xil holatlar bo‘lib qolishi mumkin va bunday holatda odamlar o‘zlarini qanday tutishni bilishlari kerak. Lekin benzin yo‘qligi, gaz yo‘qligi surunkali davom etganidan so‘ng jamiyatda ijtimoiy zo‘riqish yuzaga keladi. Odamlar televizorni yoqsa boshqa gap ketayotgan bo‘ladi. Hech kim vaziyatni tushuntirmaydi. Natijada odamlar o‘zlarida yuzaga kelgan savollarga javob topa olmaydi va insonlarning psixikasi isyon qilishni boshlaydi. Ya’ni odam ichida zo‘riqish to‘planib, tashqariga chiqish yo‘llarini izlaydi. Bunday holatda kimningdir nojo‘ya harakati, u insonga provokatsiya bo‘lib qolishi mumkin. Natijada bu zo‘riqish bir insonga qaratiladi.

    Ijtimoiy zo‘riqish inson ongida kritik fikrlashni to‘sib qo‘yadi. Gaz shoxobchasidagi holat bilan maktabdagi holat bir-biriga o‘xshash. Bu ijtimoiy psixik holat. Albatta, bu bilan professional tarzda ishlash kerak.

    – Bugun insonlar go‘yo rangsiz odamga o‘xshab qolgan. Ularni oldinga undovchi g‘oya yo‘qdek. Jamiyatni qanday qilib tiriltirish mumkin?

    – Bu narsani odamlarni qanday kiyim kiyganidan bilib olsangiz bo‘ladi. Hozir ko‘pchilik bo‘g‘iq kiyim kiyib olgan. Bizni odamlar “dumka”ga tushib qolgan. Bunga ba’zi muammolar sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, ishsizlik, oilaviy muammolar, qarzdorlik va hokazo. Mana shunday zo‘riqish holatida yashovchi inson hayoti rangsiz bo‘ladi va u rang-barang hayotga qayta olmaydi.

    “Metan”dagi navbat
    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, rangsiz hayotda yashovchi insonlarni bo‘sh vaqtlari bo‘lmaydi. Bo‘sh vaqt nima degani? Bizda bo‘sh vaqt deganda bekorchi, ishsiz odam tushuniladi. Ishsiz odamning dard-xayoli ish topish bilan bo‘ladi. Ya’ni u muammo ichida. Bo‘sh vaqt – bu bir insonni o‘z ishlaridan qutulib, o‘zi uchun sarflaydigan vaqti hisoblanadi. Bunday vaqt daromadi yo‘lga qo‘yilgan, ehtiyojlari ma’lum darajada qoplangan insonlarda mavjud bo‘ladi.

    Uyquga to‘ymaslik, vitamin yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish, ijtimoiy muammolar va nosog‘lom muhit odamni rangsiz hayotga tushirib qo‘yadi. Agar inson o‘zi shunday muhitga tushib qolganini ongli ravishda sezsa, keyinchalik bu holatdan chiqishi mumkin. Ya’ni inson rangsiz muhitdan chiqishi uchun o‘zini tahlil qilishi kerak. Bu juda og‘ir ish. Bu xuddi baron Myunxgauzen o‘zini o‘zi sochidan tortib, botqoqlikdan chiqarganga o‘xshaydi. Bu vaziyatda odamlarga tayanch nuqtasi kerak. Oldin bizni jamiyatda tayanch nuqta – din bo‘lgan. Hozir professional psixologlar ko‘p. Odamlar bilan shunday muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim.

    To‘liq suhbatni  “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    02.03.2024, 21:00   Izoh (0)   17975
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda bedarak yo‘qolgan qizning akasi unga videomurojaat yo‘lladi (video)

    02.03.2024, 20:46

    Andijonda o‘quvchilar chiqindilardan qilingan kreativ obrazlarda moda namoyishi o‘tkazdi (foto)

    02.03.2024, 20:40

    O‘zbekistonda bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifa, huquq va majburiyatlari belgilandi

    02.03.2024, 19:25

    Jizzaxda chiqindi poligoni qurilishi yuzaga kelgan nizo sababli yakunlanmayotgani ma’lum qilindi

    02.03.2024, 17:51

    O‘zbekistonda benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar sohadagi 7 ta muammoni aytdi

    02.03.2024, 17:42

    “Viloyat hokimi — viloyatning otasi degani”. Shuhrat Abdurahmonov 36 nafar yoshlarning muammosini tingladi

    02.03.2024, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.