• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Fergi taym” siri, qimmatga sotilgan saqich, antiqa vinoxo‘rlik

    2012/13-yilgi mavsum yakunida “Manchester Yunayted” afsona bilan xayrlashdi: ser Aleks Fergyuson 27 yildan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etdi.

    Foto: Sports

    O‘tgan yillar davomida Fergyuson bizni nafaqat cheksiz g‘alabalarga, balki o‘zining odatlariga ham o‘rgatdi – u Premyer liga ertagi, buyuk davr timsoliga aylandi.

    Uning biz uchun qoldirgan tarixiy to‘plamida buyumlardan (qora palto va jenfer) tashqari psixologik xiylalari ham joy olgan. Agar Fergyuson soatni barmoqlari bilan ursa, bilingki “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalarda gol uradi. Bundan tashqari, Fergyuson ot poygalarini sevardi.

    Fergyuson va saqich

    Fergyusonning saqich chaynashi alohida e’tirofga loyiq. Unga saqich chaynash asablarini tinchlantirishga yordam berardi.

    2013-yilda Fergyuson bilan xayrlashar ekan, The Guardian nashri shotlandiyalikning “Manchester Yunayted”dagi 27 yillik faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlarni to‘pladi. G‘alabalar foizi, qo‘lga kiritilgan kuboklardan tashqari, u yerda haqiqiy muxlislar uchun kerak bo‘lgan boshqa statistik ma’lumotlar ham bor edi.

    Foto: Sports

    Jurnalistlar ser Aleks bu vaqt ichida qancha saqich chaynaganini aniqlashga uringan. Albatta bu ma’lumotlar nisbiy. Agar Fergyuson har bir o‘yinda o‘rtacha 10 ta saqich chaynagan deb hisoblasak, umumiy 14980 dona saqich.

    Bu haqda “Manchester Yunayted” ning sobiq fizioterapevti Jim Makgregor “Fergie Under The Hairdryer” kitobi uchun hikoya qilgan.

    “Qizil iblislar”dagi debyut o‘yini arafasida (1986-yilda “Oksford” klubiga qarshi safar o‘yini) Fergyuson hayajonlanardi. Yangi murabbiyni o‘yindan bir kun oldin asabiylashishni boshlagan va o‘yindan 30 daqiqa oldin asabiylashish oqibatida kuchli yo‘tal boshlangan.

    Shunda Makgregor saqich chaynashni taklif qilgan. Fergyuson “Bu menga nima uchun kerak?”, deb javob bergan. Ammo fizioterapevt oxirigacha uni majburladi. Fergyuson oxir-oqibat saqich chaynashga qaror qildi va bu odatga aylandi. Oxirgi saqich tarixini esa ko‘pchilik biladi.

    Fergyusonning so‘nggi uchrashuvida “Manchester Yunayted” mehmonda “Vest Bromvich”ga qarshi maydonga tushdi va 5:5 hisobida durang o‘ynadi. Murabbiy chaynagan oxirgi saqichni olganini davo qilgan muxlis topildi.

    Olti yil o‘tgach, 2019-yilda bu saqich eBay’da 390 000 funt sterlingga sotildi.

    Fergyusoning antiqa jazolash turi

    “Soch quritgich” laqabli mashhur kaltaklash — faqat to‘rtta “Manchester Yunayted” o‘yinchisi undan “quruq qolgan”.

    “Ser Aleksning ‘soch quritgich’ nomli kaltagidan yomonroq narsa yo‘q. U yonimga juda yaqin kelib menga qattiq baqirdi. O‘sha paytda xuddi boshimni soch quritgich ichidadek his qildim. Bu dahshatli. Menga murabbiyning baqirishlari yoqmaydi, shuning uchun men ba’zida  javob qaytarardim”, — deydi Ueyn Runi o‘zining “Mening o‘n yilligim” nomli avtobiografiyasida.

    Fergyuson bunday baqirishlarini “soch quritish” deb atash g‘oyasini kim o‘ylab topganini bilar edi — bu 90-yillarda “Yunayted”da o‘ynagan Mark Xyuz edi. Murabbiy tez-tez asablarini boshqara olmaganini tan oladi, lekin nashrlar uning harakatlarini juda oshirib yuborilganini ta’kidlagan.  “Bu 27 yil ichida olti marta sodir bo‘lgan”— deydi Fergi. Ammo bunga ishonish qiyin.

    Fergyuson bilan janjallashib qolish katta xato edi, shuning uchun Runi ko‘p jazolanardi.

    “Men shunchaki bahsda g‘alaba qozonishim kerak edi. Boshqa yo‘l qolmasa, ‘soch quritish’ mashinasini ishga tushirar edim”, — deydi shotlandiyalik sobiq murabbiy.

    Fergyuson “Manchester Yunayted” futbolchilari bilan qanday munosabatda bo‘lishni juda yaxshi tushunar edi. Ba’zan baqirish orqali u ruhlantirgan. Masalan, Giggz faoliyatining dastlabki bosqichida kiyinish xonasida baqirish eshitgandan keyin ikkinchi taymni yaxshiroq o‘tkazganini aytgan. Ammo bu jazodan “quruq” qolganlar ham bo‘lgan. Giggz ular Erik Kantona, Brayan Robson, Roy Kin va Krishtianu Ronaldu ekanligini aytadi.

    Kantona va Fergyusonning o‘rtasidagi iliq munosabat borligi fransuz futbolchisi “kung-fu” uslubida “Kristal Pelas” muxlisini nokautga uchratganida bilindi. Bu futbolchini 8 oylik chetlatishga olib keldi. G‘azablangan Fergyuson eshikni sindirib, kiyim almashtirish xonasiga bostirib kirdi. Murabbiyni Kantonaning zarbasidan ko‘proq, yo‘qotilgan ochkolar qiziqtirardi.  Murabbiy futbolchilarga birin-ketin tanbeh berdi va Kantonaga yetib kelganida, ohangini yumshatib: “Erik... bunday ishlarni qilmaslik kerak”,— dedi. Murabbiy asosiy aybdorga bundan ortiq tanbeh bermadi.

    An’anaga aylangan “vinoxo‘rlik”

    Fergyuson o‘yindan keyin vino ichishni murabbiylar an’anasiga aylantirdi. Hozirda o‘yindan keyin bir shisha vino ustidagi raqib murabbiyi bilan suhbat — Premyer-liganing norasmiy an’analaridan biri. Aynan shu odat tufayli Pep Gvardiola bir marta matbuot anjumaniga kech qolgani uchun uzr so‘rab: “Toni Pulis bu—Toni Pulis, qizil vino esa — qizil vino”,— degan edi.

    Foto: Sports

    Bunday ziyofatlarga kimlar tashrif buyurganini tasavvur qilish qiyin emas. Ammo bir kishi o‘yindan keyingi ziyofatlarda qatnashmagan. Bu — Arsen Venger. Vinoxo‘rlik ko‘paygani Fergyusonning ayolini tashvishlantiradi va u turmush o‘rtog‘iga futboldan boshqa yana bir mashg‘ulot topish kerakligi haqida o‘ylaydi.

    U shundan so‘ng futboldan dam olish paytida ot poygalarini tomosha qilishni boshladi. Gleyzerlarning klubga kelishiga sabab ham ot poygalaridagi mojarolar hisoblanadi.

    O‘yinlardan birida “Manchester Yunayted” Old Traffordda “Chelsi”ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraydi. Uchrashuvdan keyingi “otamxo‘rlik”da Fergi mehmonga yetarlicha e’tibor qaratmadi. U mehmonnavozlik o‘rniga, ot poygalarini tomosha qilishni ma’qul ko‘rdi.

    “Mashg‘ulotlarda u biz bilan umuman gaplashmadi. U faqat bir kishi, o‘zining bukmeykeri bilan gaplashar edi. Fergyusonning tanishi mashg‘ulotlarga juda ko‘p tashrif buyurar edi”,— deydi Ferdinand.
     “Ot poygalari menga yoqishining sababi, o‘sha paytda meni odamlar o‘z holimga qo‘yadi. Suhbatlar ham futbol haqida emas, aynan poygalar haqida bo‘lardi”, — deb eslaydi Fergyuson.

    Kardigan va qora palto kiyadigan Fergyuson. Bu xotini Ketini g’azablantirardi!

    2013-yilning 12-may kuni Fergyuson “Old Trafford”dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Xayrlashish vaqti kelganida, ser Aleks maydondagi markaziy aylanaga kirib, mikrofonni oldi. Muxlislar buyuk murabbiyning so‘zlarini stadiondan tingladi.

    Fergyuson oxirgi o‘yiniga ham odatiga xilof qilmagan holda kiyindi: tomog‘igacha to‘g‘irlangan kardigan va qora palto.

    Keti eri nihoyat murabbiylikni tugatgandan so‘ng qilgan birinchi ishi — bu shu jemperdan qutulish bo‘ldi.

    Murabbiy bu kiyimni yaxshi ko‘rardi va uni har bir o‘yinda kiyib yurardi, ammo kunlarning birida ayoli bu kiyimni yoqtirmasligini va shu kiyim sabab har kuni “umrini” yeyayotganini aytgandi, — deydi “Yunayted”ning mashg‘ulot bazasidagi xodimlardan biri.

    Fergyuson uyining tinchligini o‘yladi shekilli murabbiylikni yakunlaganidan ikki oy o‘tib, qora kardiganini “Manchester Yunayted” muzeyiga topshirishga qaror qildi.

    Fergi taym va soatga urishning siri

    Odatda, kimdir soatiga qarashi biror ishni tugashini kutishni bildiradi. Fergyusonda esa bu hammasi endi boshlanishini bildirardi.

    “Fergi taym” haqida turli afsonalar bor. MYu muxlislari ularning sevimli o‘yinchilari nimalardir o‘ylab topishiga ishonishardi va hakam qo‘shib beradigan vaqtlarni xursandchilik bilan qarshi olardi.

    Raqiblar doim bundan noligan.

    Foto: Sports
    “Fergi taym” qanday ishlashini bilasizmi? Agar “Manchester Yunayted” yutqazayotgan bo‘lsa, kamida besh daqiqa qo‘shilgan. Aksincha bo‘lsa maksimum ikki daqiqa — deydi Roberto Manchini.

    Shon Daych ham hakamlar besh daqiqa qo‘shishni qayerdan o‘ylab topganiga hayron qolishini aytgan.

    Hatto sobiq hakam Grem Poll ham bunda nimadir borligini tan oldi: “Bu bema’nilik deyish juda oson. “Old Trafford”, “Emireyts” yoki “Stemford Bridj”da sizga ko‘rsatiladigan bosimni o‘zingiz bilmagan holda his qilasiz. Keyin tahlil qilasiz “bu qo‘shimcha daqiqani qayerdan o‘ylab belgiladim” deb. Faqat kuchli hakam bunga yengilmaydi”.

    Fergi Taym haqidagi afsonaning kelib chiqishi Premyer liganing birinchi mavsumiga borib taqaladi. 1993-yil aprel oyida “Yunayted” 96-daqiqada urilgan gol evaziga “Sheffild Uensdey”ga qarshi o‘z uyida g‘alaba qozonib, chempionlikka yo‘l ochdi. “Fergi taym” matbuotda birinchi marta 5 yil o‘tib The Guardian nashrida uchradi.

    Eng qizig‘i o‘sha 1992/93-yilgi mavsumda “MYu” eng ko‘p qo‘shimcha vaqtlarga ega bo‘lgan. Demak, murabbiylar va hakamlarning gaplarida jon bordek. Albatta, hammasi ular aytgandek emas.

    Ba’zi mavsumlarda “MYu” mavsumni so‘nggi o‘rinlarda yakunlagan va bu “Fergi taym” metodi ishlamagan.

    2012-yilda BBC sayti “Fergi taym. U haqiqatan ham mavjudmi?” nomli maqola e’lon qildi. Ular o‘sha paytdagi so‘nggi uch mavsum (2010/11, 2011/12, 2012/13) uchun ma’lumotlarni taqdim etishdi. Ma’lum bo‘lishicha, top-klublar mag‘lubiyatga uchrayotganida, uzoqroq o‘yin o‘tkazishga moyil bo‘ladi.

    “Raqib esda qolarli g‘alabani qo‘lga kiritish uchun vaqtni cho‘zishi yoki hakam “MYu” yutqazayotgani uchun ko‘proq vaqt qo‘shib berishi oqibatida bunday “mo‘jiza” ro‘y beradi”— deb xulosa qildi, Opta muharriri Dankan Aleksander.

    Nima bo‘lgan taqdirda ham “Manchester Yunayted” ning oxirgi daqiqadagi gollari “tilga tushdi”. Aynan mashhur bo‘lishiga sabablardan biri, bu Fergyuson soatiga teginishi edi. Murabbiyning o‘zi buni o‘z tarjimai holida psixologik xiyla deb atagan: “Soatga tegish jamoamizga emas, raqiblarga ta’sir qiladi. Soatimni ko‘rsatib, imo-ishora qilayotganimni ko‘rib, raqibim xavotirlana boshlaydi. Yana 10 daqiqa qo‘shib berishlaridan qo‘rqa boshlashardi. “Yunayted” kech gol urishi mumkinligini hamma bilardi. Raqib o‘yinchilari mening soatga ishoramni ko‘rib, ularda yetarli vaqt bor deb hisoblab, himoyalanardi. Qolgan daqiqalar ular uchun hech tugamaydigandek o‘tadi”.

    Fergyuson BBC bilan o‘g‘li haqidagi ma’lumotlar sabab 7 yil konfliktga borgan.

    2004-yil BBC “Ota va O‘g‘il” deb nomlangan hujjatli film taqdim etdi. Filmning bosh qahramoni Fergyusonning o‘g‘li Fergyuson Jekson hisoblanadi. Filmda u futbol agenti sifatida bozorda otasining imijidan foydalanishda ayblangan.

    Shundan so‘ng Fergyuson BBC ni 7 yil “esdan chiqardi”. Match of the Day dasturi Gari Lineker doim o‘yindan keyingi intervyularda Fergyusonning yo‘qligi uchun uzr so‘ragan.

    Shotlandiyalik murabbiy media bilan ko‘p kelishmovchilikka borgan. Masalan, SKY, Associated Press va boshqa gazetalar, hattoki klubning asosiy kanali MUTV bilan ham mojarolar bo‘lgan.

    Mojaro 2011-yilda, BBC bosh direktori Mark Tompson Fergyusonning yoniga tashrif buyurganida tugatilgan. Yig‘ilishni tashkil etish juda murakkab jarayon ekanligini hisobga olib, nashr 7 oy tayyorlangan.

    01.03.2024, 16:20   Izoh (0)   8831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted”da “qirol” maqomini olgan, Fergyusonni hayratga solgan va faoliyatini erta yakunlagan Erik Kantona haqida (video)

    24.05.2023, 23:28

    UFC 291. Jastin Getji 2-raundda Dastin Poryeni nokautga uchratdi, Blahovich va Fergyuson mag‘lubiyatga uchradi

    30.07.2023, 10:07

    Fergyuson yetakchi, Gvardiola —5, Mourinyo 12-o‘rinda. Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar

    27.09.2023, 12:25

    FIDE reytingi yangilandi. Yoshlar o‘rtasida Nodirbek tengsiz!

    01.03.2024, 11:52

    Nodirbek Abdusattorov onlayn jadvalda jahonda 8-o‘ringa ko‘tarildi

    01.03.2024, 10:05

    Pol Pogba 4 yilga o‘yinlardan chetlatildi

    29.02.2024, 20:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.