• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Yunayted”da “qirol” maqomini olgan, Fergyusonni hayratga solgan va faoliyatini erta yakunlagan Erik Kantona haqida (video)

    “Manchester Yunayted” afsonasiga aylangan fransiyalik futbolchi Erik Kantona 31 yoshida faoliyatini yakunlagan. Manchesterlik muxlislar tomonidan “Qirol Erik” deb nom berilgan va Fergyusonni hayratda qoldirgan futbolchi 57 yoshga to‘ldi. Quyida Erik Kantonaning faoliyati va nima uchun futboldan erta ketgani haqida so‘z boradi.

    “Manchester Yunayted” uchun yettinchi raqam alohida ahamiyatga ega. Yettinchi raqamni olgan futbolchi jamoa yetakchisi bo‘lishga va o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatishga majbur. Bu qo‘shimcha ma’suliyat yuklaydi. Masalan, yettinchi raqamni olgan Antonio Valensiya buni ko‘tara olmagan. Ekvadorlik futbolchi barcha muammolariga shu raqam sabab deb hisoblagan. Memfis Depay, Anxel Di Mariya, Aleksis Sanches ham yettinchi raqam yukini o‘zida his qilgan.

    Erik Kantona butunlay boshqacha o‘ynagan. “Manchester Yunayted” muxlislari fransiyalik o‘yinchini jamoada o‘ynagan eng yaxshi futbolchi deb topgan (Inside United jurnali versiyasiga ko‘ra). Erik 1997-yilda kutilmaganda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Kantona yana uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashi mumkin edi. Biroq futboldan ancha erta ketdi — 31 yoshida.

    Angliyadagi faoliyatini “Lids”da boshlagan. Platini uni “Liverpul”ga taklif qilgan, biroq klub rad etgan

    Mishel Platini futbol funksioneriga aylanishidan avval murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Fransiya terma jamoasi 1990-yilgi Jahon Chempionati saralashini muvaffaqiyatsiz boshlagan. Platini esa o‘sha vaqtdagi terma jamoa murabbiyi Anri Mishel o‘rniga tayinlangan. “Uchranglilar” avlodlar almashinuvini boshidan o‘tkazayotgandi. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Erik Kantona edi.

    1991-yilning sentabr oyida UEFA Kubogida “Oser” jamoasi “Liverpul”ga qarshi maydonga tushgan. O‘yindan keyin Platini mersisaydliklar murabbiyi Grem Suness bilan uchrashadi va Kantona bilan shartnoma imzolashni taklif qildi.

    “Mishel oldimga keldi va ‘sen uchun ajoyib futbolchim bor. U juda ham iste’dodli, lekin xarakteri yomon, shuning uchun Fransiyada yashashga qiynalmoqda’, deb aytdi. Platiniga jamoamda juda ko‘p muammolar bor va tavakkal qilmoqchi emasman, deb javob berdim”, — deya eslaydi Suness.

    Oradan yillar o‘tib Suness qaroridan afsuslanganini tan oldi. Kamtarona “Nim” jamoasida to‘p suradigan Kantonaning narxi (1,2 million funt) katta bo‘lmagan. Erik “Sheffild Uensdey” jamoasida ko‘rikdan o‘tgan, biroq “Lids” bilan shartnoma imzolagandi. Angliya futboli katta o‘zgarishlar arafasida turgandi. Birinchi divizion klublari EFLni tark etdi va Angliya Premer Ligasi paydo bo‘ldi.

    Musobaqa Angliya Premyer Ligasi deb atalishidan avvalgi so‘nggi mavsumda “Lids” chempionga aylangan. Kantona jamoaga fevral oyida kelgan va sakkizta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa ham klubga titul yutishda yordam bergan (2 gol va 1 assist). Erik 1992/93-yilgi mavsumni yaxshi boshlagan. Futbolchi 19 ta o‘yinda 11 ta gol urgan va ikkita het-trik qayd etgan. Birinchi het-trikka “Liverpul”ga (4:3) qarshi Superkubok o‘yinida, ikkinchisiga esa APL doirasida “Tottenhem”ga (5:0) qarshi o‘yinda erishgan. O‘sha vaqtda Kantona “Lids”ning azaliy raqibi “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va “qirol” maqomi. Fergyuson Erikning o‘yinidan hayratda qolgan

    Ser Aleks Fergyusonga Kantona kabi futbolchi kerak edi. “Manchester Yunayted”ga “sehrgarlik” qiladigan futbolchi yetishmasdi, Premyer Ligada bunday o‘yinchilar ikkita edi — Kantona va Le Tissye. “Sauthempton” bilan kelishishning iloji bo‘lmadi, “Lids” esa muzokaralarga ochiq bo‘lib chiqdi.

    Kantona mavsum davom etayotgan vaqtda “Manchester Yunayted”ga keldi va darhol yettinchi raqamni oldi. Shunday qilib “Qirol Erik”ning (“Manchester Yunayted” muxlislari futbolchini shunday atagan) hikoyasi boshlangan. Fransiyalik futbolchi yarim yil ichida 22 ta o‘yin o‘tkazgan, 9 ta gol urgan va 11 ta assist qayd etgan. Erik terma jamoada ham shunday o‘ynashda davom etgan va 1993-yildagi “Oltin to‘p” uchun kurashda uchinchi o‘rinni egallagan. Futbolchi Badjo va Bergkampdan ortda qolgan.

    Erikni maydonda to‘xtatib bo‘lmasdi. Futbolchi hujumda kerak bo‘lgan barcha ishni qilardi va yetarlicha baland bo‘yi (188 sm) baquvvat himoyachilar bilan ikkinchi qavatda kurashishda yordam berardi. Tezlik, texnika, ikkala oyoq bilan ham zarba bera olish, maydonni ko‘rish, golni his qilish instinkti — bularning barchasi Kantonada bor edi.

    “Hech kim ‘Old Trafford’ni Kantona kabi yoritmagan”, — deb eslagandi keyinroq Fergyuson. Fransiyalik o‘yinchi “Manchester Yunayted” uchun futbolchi yoki liderdan kattaroq shaxsga aylandi. 1990-yillardagi “Manchester Yunayted”ning ikonasi va ramzi.

    Foto: Getty Images

    Kutilmaganda faoliyatini yakunlashi. Erik futbolga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotganini ma’lum qildi

    Kantonaning kelishi bilan APLda “Manchester Yunayted” erasi boshlangandi. “Qizil iblislar” Erikning yordami bilan besh yilda to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritdi. U o‘zining yuqori darajasini saqlab qoldi. Har mavsumda “gol+pas” tizimi bo‘yicha kamida 20 ochko to‘pladi. 1994-yilda futbolchi Premer Ligada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (PFA o‘yinchilari versiyasiga ko‘ra).

    “Qirol Erik”ning hukmronligi uzoq davom etmadi. Kantona 1997-yilda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu qaror barchani hayratda qoldirdi. Bundan birinchi bo‘lib Fergyuson xabar topdi. 1996/1997-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi yarim finalida “Borussiya D”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Kantona buni murabbiyga ma’lum qilgandi. Bir oy o‘tib, Erik 31 yoshni qarshilayotgan vaqtda OAV uchun rasmiy bayonot berdi.

    Foto: Getty Images

    “Har doim futbolga bo‘lgan ishtiyoqni yo‘qotsam, faoliyatimni yakunlashimni aytganman. Hech kim menga ishonmagandi. Lekin futboldan ketyapman”, — degandi fransuz.

    Kantona uchun yangi ishtiyoq kinomatografiya sohasida topildi. Birinchi aktyorlik tajribasini 1995-yilda, hali “Manchester Yunayted”da o‘ynab yurgan vaqtida olgan.

    Fransiyalik futbolchining ketishi bilan “Manchester Yunayted”da tarkibni yoshartirish ishlari boshlandi. Klubning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan “92-sinf” vakillari ko‘proq o‘ynashni boshladi. Sardorlik bog‘ichi Erik Kantonadan Roy Kinga o‘tdi. Yettinchi raqam esa Devid Bekhemga. Kantonaning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini jismoniy jihatdan yaxshi his qilgan va kamida yana besh yil o‘ynay olishi mumkin edi. Shunga qaramay Erik faoliyatini erta yakunlaganidan afsuslanmagan.

    Ma’lumot uchun, Kantona futbolchilik faoliyatini bundan ham ertaroq yakunlamoqchi edi. 1991-yilda “Nim” tarkibida o‘ynayotgan Erik hakamga to‘pni otgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Shundan so‘ng Kantona mamlakat futbol rahbariyati bilan janjallashib, faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Mishel Platini uni qaytishga ko‘ndirgandi.

    24.05.2023, 23:28   Izoh (0)   7908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishchilar oilasidan chiqqan, Fergyuson bilan chiqisha olmagan va “galaktikos”ning bir qismi bo‘lgan Devid Bekhem haqida

    03.05.2023, 15:46

    O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi 

    24.05.2023, 23:15

    Rasman: “Fotih Karagyumryuk” Andrea Pirlo bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

    24.05.2023, 17:38

    Xordi Alba 11 yillik faoliyatidan keyin “Barselona”ni tark etadi

    24.05.2023, 16:48

    Vinisiusning qizil kartochkasi bekor qilindi, haqoratda gumon qilinganlar hibsga olindi, “Valensiya” esa jarimaga tortildi. Hukumat aralashuvigacha yetgan “Vinisiu...

    24.05.2023, 12:41

    Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchini mag‘lub etib, ChessKid Cup—2023 finaliga chiqdi

    24.05.2023, 10:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.