Prezidentning “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan to‘xtatib turish;
- sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy ko‘rsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini inspeksiya tomonidan to‘xtatib turish.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyadan xoli tizimni yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvargacha “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.
Izoh (0)