Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.q” MCHJ rahbari Y.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar tumandagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hududidan ajratilgan 25,6 ming kv metr yer maydonida shartnoma shartlariga asosan ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ymasdan, ushbu hududdan o‘zboshimchalik bilan 65,4 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)