Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida qum-shag‘al aralashmasini qazib olganlar davlatga qariyb 970 million so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro I.Z. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi o‘zanidan davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan hudud hisoblangan yer maydonidan Howo va Shantui rusumli texnikalar yordamida 1,6 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 969 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)