Farg‘ona shaharida yashovchi fuqaroga tegishli Gentra avtomashinasi 26-fevral kuni yashash xonadoni oldidan olib qochilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni 2001-yilda tug‘ilgan Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi S.Q. va 1993-yilda tug‘ilgan Q.I. ikki nafar tanishi bilan birga sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qism “b” bandi (transport vositasini olib qochish bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)