Kuba va Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Kubaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon bilan o‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi Jon Giring bilan uchrashuv kun tartibi o‘zaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab olgan.
Izoh (0)