Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yo‘l qurilishidagi talon-torojlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “C.S.” MCHJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi ko‘chalarini joriy ta’mirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MCHJga o‘tkazib berilgan 373,5 million so‘mni qurilish ishlarini boshlamasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)