Xitoyning BYD avtomobilsozlik kompaniyasi xalqaro bozordagi raqobatchilarini siqib chiqarish uchun so'nggi ishlab chiqarilgan avtomobili narxini keskin tushirdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bergan.
BYD rahbariyati rasmiy manbasida Qin Plus DM-i gibrid modelining yangi versiyasi narxlari 50 foizga arzonlashtirilishi xabar berilgan. Ushbu model narxi Volkswagen kompaniyasining Lavida va Toyota brendining Corolla kabi yonilg‘ida ishlovchi bestseller avtomobillaridan arzonroq narxda bo‘lishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, BYD ishlab chiqaruvchisining Qin Plus DM-i avtomobili narxlari xalqaro bozorda 79 800 yuan (11 086 AQSH dollari) atrofida belgilanmoqda. Kompaniya arzonlashtiruv qaroridan oldin mazkur avtomobillar 23 ming AQSH dollaridan qimmatroq narxlarda sotilayotgan edi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda BYD kompaniyasining Chazor modeli narxlari ham 50 foizga arzonlashtirilishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo bu maʼlumot biror bir rasmiy manbada keltirilmagan.
Izoh (0)