Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli G‘arbning husiylarga qarshi kurashida Xitoyni chora ko‘rishga chaqirmoqda. Bu haqda u Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Reuters’ga ko‘ra, Myunxen Xavfsizlik konferensiyasi doirasidagi yig‘ilishda Kanada tashqi ishlar vaziri Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Iga Pekin husiylarga Qizil dengizni ochiq saqlash uchun ta’sir ko‘rsatishi kerakligini aytgan.
“Bu Xitoyning eksportchi sifatidagi manfaatlariga mos keladi”, dedi vazir intervyu chog‘ida. Avvalroq Buyuk Britaniya dengiz flotining dengiz savdosini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) Yaman qirg‘oqlarida kemaga yangi hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Moha portidan 35 dengiz mili janubda sodir bo‘lgan. Kapitan kemaga yaqin joyda portlash sodir bo‘lgani, bu esa kemaga zarar yetkazgani haqida xabar bergan. Mazkur hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)