O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari ingliz tilida nashr qilinadi. Bu haqda tarjimon Mark Ris maʼlum qildi.

Tarjimonning yozishicha, kitob 2024-yil 31-martdan boshlab chop etiladi. Tarjima asar Nyu-York metrosida reklama qilinishi rejalashtirilgan. Kitob taqdimoti esa aprel oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Ris kitobga o‘z hissasini qo‘shganlarni ham eslab o‘tar ekan, Dildora Shomurodova (rassom), Jon Kempion (muharrir), Gulnoza Ismoilova (muharrir), Munira Norova (muharrir), Jahongir Azimov (muharrir) va Abdullo Ro‘ziyevlarni (tarjimon) keltirgan.

Maʼlumot uchun, Mark Ris Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan.
Izoh (0)