O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida gazlangan hamda energetik ichimliklarni ichish va sotish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Farmon bilan tasdiqlangan oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib va tashviqot qilish belgilandi.
Shu maqsadda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hududida kuchli gazlanib, shirinlashtirilgan va energetik ichimliklar hamda o‘ta tuzlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol va realizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar joriy etiladi.
Hujjatga ko‘ra, mas’ul vazirlik va idoralar 2024-yilning to‘rtinchi choragiga qadar yuqoridagi cheklov nazarda tutilgan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Izoh (0)