WBC’ prezidenti Fyuri va Usik jangni uch hakam o‘rniga 5 ta yoki 6 ta hakam boshqarishi kerakligini aytdi.
WBC prezidenti Maurisio Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o‘rtasidagi jang oldidan hakamlik tizimini isloh qilishni taklif qildi.
“Bu mening tavsiyam. Boks bu — o‘zgarishlar kiritilishi qiyin bo‘lgan sport, biz konservativlar o‘zgarishlarni xohlamaymiz.
Men ushbu — 5 ta hakam bokschilarni baholashi taklifini bildirishda davom etaman. Nazarimda, bu variant ko‘pchilikka yoqadi, lekin bu variant hozircha ko‘rib chiqilmadi”, — dedi WBC’ prezidenti Maurisio Sulaymon.
18-may kuni Oleksandr Usik va Tayson Fyuri boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qiladi.
Izoh (0)