Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Stranja turniri o‘zining hal qiluvchi pallagasiga kirdi.
Bugun musobaqada yarim final janglari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar a’zosi mazkur bosqichga yetib keldi va o‘zlari uchun kamida bronza medalini naqd qilishdi. Bugun o‘tkaziladigan yarim final juftliklari bilan tanishing:
- -50 kg: Sabina Boboqulova - Vu Yu (Xitoy)
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Svetlana Kamenova (Bolgariya)
- -51 kg: Asilbek Jalilov - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)
- -54 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Xo‘janazar Nortojiyev
- -57 kg: Shahzod Muzafarov - Enh-Amar Harhuu (Mo‘g‘uliston)
- -60 kg: Dilshod Abdumurodov - Asror Vohidov (Tojikiston)
- -60 kg: Abdumalik Halokov - Artur Sahakyan (Armaniston)
- -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Yaroslav Harsiz (Ukraina)
- -71 kg: Iqboljon Xoldorov - Akash (Hindiston)
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Javohir Ummataliyev
- -86 kg: Samandar Jalolov - Pavlo Michkovskyi (Ukraina)
- +92 kg: Jahongir Zokirov - Nikolaz Begadze (Gruziya)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan boshlab start oladi.
Izoh (0)