Misrda 15-fevral, payshanba kuni sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi start oladi.
![](/static/2024/02/15/photo_2024-02-15_10-40-08-QA2GyrZa.jpg)
Dasturga ko‘ra, ushbu kun doirasida atletlar bir qator yo‘nalishlarda saralash bosqichida ishtirok etadi.
Ular orasida o‘zining to‘qqizinchi Olimpiadasi sari harakat qilayotgan Oksana Chusovitina ham bor. 15-fevral kungi bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi yo‘nalishlarda kvalifikatsiya bosqichida ishtirok etadilar:
- Abdulaziz Mirvaliyev – erkin mashq;
- Humoyun Islomov – erkin mashq;
- Oksana Chusovitina – tayanib sakrash;
- Dildora Aripova – tayanib sakrash va turli balandlikdagi to‘sinlar;
- Odina Robijonova – turli balandlikdagi to‘sinlar.
Izoh (0)