2009—2017-yillarda Mo‘g‘uliston prezidenti bo‘lgan Tsaxiagiyn Elbegdorj Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan bo‘lgan shov-shuvli intervyusiga munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti Ukrainaga qarshi tajovuz haqida gapirar ekan, bu hudud “Rossiyaning tarixiy yerlari” ekanini aytib o‘tgandi.
Elbegdorj X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Mo‘g‘ulistonning tarixiy yerlari haqida yozib, hatto Mo‘g‘ul imperiyasining xaritasini ham ko‘rsatgan.

Xaritada Rossiyaning zamonaviy hududi bir necha asrlar davomida Mo‘g‘ullar imperiyasining bir qismi bo‘lgani ko‘rinadi.
“Xavotir olmang, biz tinchliksevar va ozod xalqmiz”, deb yozdi Elbegdorj ushbu xaritaga izohida.
Izoh (0)