Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari natijalarini sarhisob qildi. Ilhom Aliyev 92,12 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
11-fevral kuni Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Endi saylov natijalari to‘g‘risidagi MSK bayonnomasi Konstitutsiyaviy sudga yuboriladi. Saylovda fuqarolarning 76,43 foizi ishtirok etgan. Ilhom Aliyev yana yetti yil prezidentlik qiladi.
Jami 4 million 577 ming 693 nafar saylovchi Aliyevga ovoz bergan. Boshqa nomzodlarning natijalari esa quyidagicha:
- mustaqil nomzod sifatida Zohid Orudj — 2,17 foiz (107 877 ovoz);
- “Buyuk qurilish” partiyasidan Fozil Mustafo — 1,98 foiz (98 623);
- “Butun Ozarbayjon xalq jabhasi”dan Gudrat Hasanguliyev – 1,72 foiz (85 607);
- “Milliy front” partiyasidan Razi Nurullayev — 0,8 foiz (39 727);
- “Buyuk Ozarbayjon”dan Elshad Musayev – 0,66 foiz (32 956);
- mustaqil nomzod sifatida Fuad Aliyev – 0,53 foiz (26 561).
Aniqlik kiritilishicha, respublikaning turli hududlaridagi 12 ta saylov uchastkasida ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan, uchastka saylov komissiyalari tarqatib yuborilgan.
Izoh (0)