Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Dris van Agt turmush o‘rtog‘i Yevgeniya bilan evtanaziyadan vafot etdi. Bu haqda Guardian xabar berdi.
![](/static/2024/02/11/photo_2024-02-11_19-38-51-x3edU3bn.jpg)
Ularning ikkalasi ham 93 yoshda bo‘lgan. Bu Niderlandiyada “ikki tomonlama evtanaziya” tendensiyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Er-xotinning evtanaziyasi kamdan-kam uchrasa-da, birinchi marta 2020-yilda kuzatilgan, o‘shanda 26 kishi o‘z sheriklari bilan bir vaqtning o‘zida evtanaziya qilingan. Keyingi yili bu raqam 32 taga, 2022-yilda esa 58 taga yetgan.
Rejissor Jerar Jonkman NOS teleradiokompaniyasiga ikkalasi ham juda kasal ekanini, ammo “bir-birisiz yashay olmaganini” ma’lum qildi.
Van Agt 2019-yilda miyaga qon quyilishidan keyin to‘liq tuzalmagan. Evtanaziya Niderlandiyada 2002-yildan beri oltita shart bo‘yicha qonuniy hisoblanadi. Evtanaziyada bemorga shifokor nazorati ostida o‘limga olib keladigan dori dozasi yuboriladi.
Izoh (0)