Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo faoliyatini Germaniyada davom ettirmoqchi.
Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning ma’lum qilishicha, 61 yoshli murabbiy “Bavariya”ni boshqarmoqchi.
“Joze nemis tilini o‘rganayotganini eshitdim. Avvalroq u myunxenliklar rahbariyatiga ishora ham qilgandi. U allaqachon jamoani boshqarishga tayyor”, — deydi Falk.
Mourinyo yanvar oyida “Roma”ni tark etgandi. Shundan buyon murabbiy ishsiz.
“Bavariya” Bundesliga turnir jadvalida “Bayer”dan 5 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)