Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo “Roma” unga sotqinlik qildi deya hisoblaydi.
16-yanvar kuni Rim jamoasi Mourinyoni iste’foga chiqargandi. Portugaliyalik mutaxassis “Roma”da 2021-yildan buyon ishlagan va Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozongandi.
Xabarga ko‘ra, Joze klub va futbolchilar unga xiyonat qilgan, Daniele de Rossi uning o‘rnini darhol egallashi buning belgisi deya hisoblaydi.
Mourinyo Konferensiyalar Ligasidagi muvaffaqiyatdan so‘ng futbolchilar tomonidan sovg‘a qilingan uzukni jamoa sardori Lorenso Pellegrini shkafida qoldirib ketgan. Murabbiy ulardan xafa bo‘lganini shu tariqa bildirmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)