Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom ettirilmoqda.
Erkaklar o’rtasidagi -109 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi Ruslan Nuriddinov va Sharofiddin Amriddinov chempionlik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz kurash yakunida tajriba o‘z so‘zini aytdi. Nuriddinov siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha oltin medallarni ilib ketdi. Uning jami ko‘rsatkichi 382 (175+207) kgni tashkil etdi.
Dast ko‘tarishda oltin medal egasi bo‘lgan Sharofiddin Amriddinov umumiy hisobda 381 (176+205) kg toshni ko‘tarib, yakunida o‘z hisobiga yana ikkita kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)