Og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Ruslan Nuriddinov 2022-yildagi sermahsullik haqida fikr bildirdi.
“Islom birdamlik o‘yinlari 2022-yildagi birinchi katta musobaqa bo‘ldi. U yerda uchta oltinga ega chiqdim. Bu nafaqat men, balki butun jamoa uchun yaxshi musobaqa bo‘ldi.
Yilning oxirida Kolumbiyada Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Juda baland joylar ekan, bu o‘ziga yarasha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Kislorod yetishmasligi odatiy sharoitda bilinmas ekan, biroq mashg‘ulot vaqtlarida bu ta’sirini o‘tkazdi. Musobaqada ham yaxshigina bilindi.
Bu men uchun yettinchi Jahon chempionati bo‘ldi. Ularning oltitasida sovrindor bo‘lganman, ikkitasida oltinga ega chiqdim — 2013 va 2022-yilda. Ammo bunisida dubl qayd etdim.
Faoliyatimdagi kambek 2022-yilda emas, 2021-yilda sodir bo‘ldi deyish mumkin. Sababi o‘sha yili Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdim. Shu men uchun kambek bo‘ldi”, — deydi Nuriddinov.
To‘liq videoni tomosha qiling:
Nuriddinov doping mojarolari sabab 2018—2020-yillarda diskvalifikatsiyaga uchradi. 2020-yilning dekabrida diskvalifikatsiya muddati yakuniga yetgandi.
Izoh (0)