• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qora qirolicha”ning 30 yillik motami va Nostradamus bashorati: Medichilar avlodining eng shafqatsiz vakili — Yekaterina taqdiri

    Yekaterina Medichi tarixdagi eng makkor va shafqatsiz ayollardan biri hisoblanadi. U hokimiyatga erishish yo‘lida raqib va dushmanlarini osonlikcha yo‘q qilib, hech narsadan tap tortmadi. Qirolicha Fransiyani qariyb 30 yil boshqardi va XVI asrda Yevropaning eng kuchli ta’sir doirasiga ega rahbarlaridan biri bo‘ldi. Uning ismi avvalo tarixdagi dahshatli qirg‘in — “Varfolomey kechasi” bilan birga tilga olinadi. 

    Samanta Morton ijrosidagi Yekaterina Medichi obrazi
    “Ilonlar qirolichasi” filmidan kadr

    Freylinalardan iborat haram

    “Siyosiy sahnada Yekaterina Medichidan oldin ham, undan keyin ham hech kim u kabi muhim rolni o‘ynamadi”, — deb yozadi memuarchi Brantom. “Qirollikning buyuk qo‘shmachisi” laqabi berilgan qirolichaga odatda “uchar muhabbat eskadroni” — jozibador kiyingan 200 ga yaqin freylinalari (qirolicha huzurida xizmatda bo‘lgan ayol) yordam bergan. Ular erkaklardan maxfiy ma’lumotlarni osonlikcha bilib olib, ularga ta’sir ko‘rsatar, yevropalik qirol va vazirlar, sarkarda va diplomatlarni bir zumda o‘zlariga rom etardi.

    Yekaterina 1519-yilda Florensiyada arxitektorlar Mikelotsso va Brunelleskilar tomonidan bunyod etilgan ajoyib saroyda dunyoga keladi — uning oilasi “Uyg‘onish” davri san’ati ixlosmandlari edi. Medichilar badavlat tijoratchi va bankirlar bo‘lib, oxir-oqibat Florensiya boshqaruvini qo‘lga oladi.

    Yekaterina dunyoga kelishi bilan “o‘lim farzandi” deya nom oladi — onasi qizi tug‘ilganidan olti kun o‘tib, otasi esa ikki haftadan keyin vafot etadi. Bu nom unga butun umrlik tamg‘a bo‘lib qoldi: qirollik oilasi a’zolari orasida zaharlangan barcha ishlarda uning qo‘li borligi aytiladi. Ammo uning hukmronlik davrida sodir bo‘lgan eng dahshatli voqea, shubhasiz, “Varfolomey kechasi” hisoblanadi.

    Yekaterina avvaliga buvisi, keyin esa xolasining qo‘lida tarbiya topadi, biroq bolaligining asosiy qismi cherkovda, qattiq tartibli qoidalar orasida o‘tadi. O‘ziga to‘q va nomdor sulola vakili bo‘lgan qiz 14 yoshida Yevropaning eng mashhur keliniga aylandi. Uning omma oldida ko‘p ko‘rinish bermasligi ham ayolning shaxsiyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirardi.

    Nikoh lotereyasi

    Fransuz qiroli Fransisk I 15 yoshli ikkinchi o‘g‘li Genrixga kelin qidirishga tushadi. Fransiya bilan yaqinlashish orzusida bo‘lgan Rim papasi Yekaterinaning unga turmushga chiqishiga ruxsat beradi.

    Yekaterina Medichi va Diana de Puatye portretlari
    Foto: Shutterstock

    To‘y marosimi 34 kun davom etadi va o‘sha vaqtda Yevropadagi eng hashamatli hamda eng ko‘p muhokama qilingan tadbirga aylanadi. Tantanada ishtirok etgan barchaga qimmatbaho sovg‘alar tarqatiladi, italyan oshpazlari o‘z mahoratlarini ishga solib, tansiq taomlarni ulashadi. Ular orasida o‘ziga xos taom meva va muzdan iborat desert — ilk muzqaymoq edi. Bunga qadar Fransiyada bu kabi taom hech qachon dasturxonga tortilmagan.

    Turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish oson kechmaydi. Malla, past bo‘yli, ozg‘in, lablari shishgan Yekaterina Genrixni sevib qoladi. Ammo uning qalbi 11 yoshidan beri boshqaga — o‘zidan 19 yosh katta Diana de Puatyega tegishli edi. Monarx o‘limining oxiriga qadar bu ayolga nisbatan muhabbatini saqlab qoldi — u mahbubasi bilan har kuni vaqt o‘tkazdi.

    Qirol Dianaga hashamatli Shenonso saroyini sovg‘a qiladi, bu orqali u Yekaterinaga ayol uning rafiqalik o‘rnini to‘liq egallaganini bildirib qo‘yadi. Natijada makkor ayol erining jazmanini o‘ziga og‘dirib olishga erishadi.

    Florensiyada ota-onalar o‘z farzandlariga turli bilimlarni berishga intilmasdi. Shu boisdan Yekaterina nozik madaniyatli fransuz saroyida juda qiynaladi. U ko‘pincha o‘zini nodondek his qilardi: jimjimador jumlalarni tuza olmas, xat yozganda ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yardi — fransuz tili uning ona tili bo‘lmagani bois nutqi ham ravon emasdi. Buning ustiga kibor oilalarning ayollari ham o‘zlarini xuddi uning gap-so‘zlarini tushunmagandek tutishardi.

    Fransuzlar uni yaxshi qabul qilmaydi. Saroydagilar Yekaterinaning nasl-nasabini qirol o‘g‘liga mos deb hisoblamasdi. Uning orqasidan Medichilarni takabburlik bilan savdogar va “italyan” deb atashardi.

    Yekaterina o‘zini ko‘rsatishi bo‘lgan yagona soha qoladi — u modani urfga kiritadigan ayolga aylanadi. Qimmat mato va bezaklarga ega ko‘ylaklarini Fransiyaning eng obro‘li xonadonlari ham ko‘chira boshlaydi. Xipcha belga ega Medichi beli 33 santimetrdan katta bo‘lgan ayollarning saroyga kelishini taqiqlab qo‘yadi. Natijada ular korsetlar taqishga majbur bo‘ladi. Italiyadan olib kelingan poshnali tuflilari, ayniqsa, ko‘pchilikni hayratga soladi — bu orqali ayol bo‘yi pastligini berkitishga muvaffaq bo‘ladi.

    Genrix II ning portreti
    Foto: François Clouet

    Yekaterinaning butun boshli qo‘lqoplar kolleksiyasi bor edi. Ularning har biri o‘ziga xos ifor taratuvchi atirlarga burkanar, ba’zida esa ular jinoyat quroliga aylanardi. Medichi ko‘p marotaba o‘z raqiblariga zaharlangan qimmatbaho qo‘lqoplarni sovg‘a sifatida jo‘natgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol zaharlarni yaxshi farqlagan. U saroydagi ba’zi kuchlarga ta’sir ko‘rsatib, doim tomonlarni xavotirda ushlab turardi. Ammo bularning barchasi turmush o‘rtog‘i fransuz monarxiga aylanganidan keyin sodir bo‘ladi.

    Yekaterina Medichi boshqaruvi davrida Parij tom ma’noda moda poytaxtiga aylanadi. Fransuz qirollarining oldinlari Yevropadagi boshqa hukmdorlarga taqlid qilib bezatilgan saroylari trendlar asoschisiga aylana boshlaydi.

    Qora qirolicha

    Yekaterina aslida qirolichalikka da’vogar emasdi — uning turmush o‘rtog‘i hukmdorning ikkinchi farzandi bo‘lib, taxtga ega chiqolmasdi. Ammo Genrixning akasi kutilmaganda vafot etib, barchasini o‘zgartirib yuboradi. Barcha Medichi merosxo‘r tug‘ib berishini kutadi, biroq u homilador bo‘la olmaydi. Shunda qirol o‘g‘li uchun boshqa qiz qidirishni boshlayotgani haqida gap-so‘zlar tarqay boshlaydi.

    Eri bilan ajrashib ketishi mumkinligini tushunib yetgan Yekaterina qaynotasi, qirol Fransiskni yana ozgina muddat kutishga ko‘ndiradi. Ularning ikkisi ham ovga qiziqqani bois munosabatlari yaxshi edi. Yekaterina Fransiyada ayollarning otga minishi bo‘yicha yangicha usulni joriy etadi, bu orqali ular erkaklar bilan teng sharoitda ov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “Luvr darvozasi oldidagi tong (“Varfolomey kechasi”dan keyin)”, 1880-yil
    Foto: Édouard Debat-Ponsan

    Oradan qanchadir vaqt o‘tgach, u qirolga bergan va’dasini bajaradi — merosxo‘r dunyoga keltiradi. Shundan keyin Yekaterina har yili homilador bo‘la boshlaydi: 1543-yildan 1555-yilgacha u jami 10 nafar bola tug‘adi. Bu kelib chiqishi italyan bo‘lgan ayolga saroydagi holatini mustahkamlash imkonini beradi.

    Ayol bepushtlikdan qanday qilib qutilgani noma’lum. Ko‘pchilik unga mashhur shifokor, alkimyogar, astrolog va bashoratchi Nostradamus yordam bergan deb hisoblaydi. U qirolichaning saroydagi tor doirali guruhi tarkibiga kirardi. Bundan tashqari, afsonalarga ko‘ra, Nostradamus uning eri Genrix II ning o‘limini ham oldindan aytib bergan. Astrolog “qari sher ko‘zini o‘yib oladigan yosh sher bilan jangda halok bo‘ladi”, — degan.

    Nostradamus portreti
    Foto: Cesar de Nostredame

    Monarxning o‘limi rostdan ham bema’ni bir holatda yuz beradi. U qizining to‘yiga bag‘ishlangan ritsarlar jangida qatnashadi. Shotlandiya gvardiyasining yosh leytenanti bo‘lgan graf Gabriel de Montgomeri bellashuvda qirolning boshiga qattiq zarba beradi. Nayzasining bir qismi shlem teshigi orqali monarx miyasiga teshib kiradi. O‘n kundan keyin esa uning joni uziladi. Shunda Yekaterina “Barcha ko‘z yosh va og‘riqlarim shundan” yozuvi tushirilgan singan nayzani o‘z emblemasiga joylashtiradi. 

    Sodir bo‘lgan voqeadan keyin qirolicha motam tutishni boshlaydi — u 30 yil qora kiyimda yuradi. Shu orqali Yekaterina Yevropada yangi trendni boshlab beradi — bunga qadar oq rang motam rangi hisoblanardi.

    Natijada taxt uning bir o‘g‘lidan boshqalariga o‘ta boshlaydi. Ularning barchasi yosh va o‘zidan nasl qoldirmay vafot eta boshlaydi. Asl hokimiyat esa ona Yekaterinaning qo‘lida to‘planadi. U barchani boshqarar, klanlar, gugenot va katoliklar o‘rtasida dushmanlik kayfiyatiga urug‘ sochardi. Uning davrida sodir bo‘lgan “Varfolomey kechasi” hozirga qadar dahshatli voqealardan biri hisoblanadi — Parijning o‘zida 30 mingdan ortiq inson halok bo‘ladi. Ushbu voqeadan keyin 200 mingga yaqin gugenot qo‘shni davlatlarga qochib ketadi.

    San’at ixlosmandi

    Ammo Medichi Fransiya tarixidan san’atning faol homiysi sifatida o‘rin oldi. Qirolicha Yevropada endi bo‘y ko‘rsatayotgan iqtidorlar — olimlar, yozuvchilar, rassomlar, kolleksionerlarga ko‘mak beradi. U kartinalar, san’at asarlarini, noodatiy buyumlarni sotib olib — “Uyg‘onish” davrining Fransiyadagi eng katta kutubxonasini yaratadi. U yerda nodir qo‘lyozmalar saqlana boshlaydi.

    Tyuilri saroyi va Shenonso qasridagi galereya, shuningdek, Luvrning yangi qanoti aynan uning davrida bunyod etiladi. Bundan tashqari, Yekaterina mamlakatda baletni ommalashtiradi.

    Yekaterina tomonidan yaratilgan Tyuilri bog‘i
    Foto: Legion-media

    Ammo fransuzlar qirolichaning sa’y-harakatlarini to‘g‘ri baholamaydi. Uning hukmronligidan charchagan a’yonlar ayolni o‘limidan keyin ham kechirmaydi. Qirolichaning suyaklarini Sen-Denidagi erining yoniga ko‘mish maqsadida Parijga olib kelishmoqchi bo‘lganida parijliklar faol qarshilik ko‘rsatadi. Oxir-oqibat uzoq yillardan keyin uning xoki solingan idish baribir Parijga olib kelinadi. Ammo Yekaterinani baribir chetroqqa ko‘mishga to‘g‘ri keladi — xuddi hayotligidagi kabi erining yonidan unga joy topilmaydi.

    10.02.2024, 20:16   Izoh (0)   18327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zini birinchi xonim deb hisoblardi”. Rafiqasini qamoqdan qutqarib qololmagan va xalq dushmaniga aylangan SSSR hukumati rahbari Molotov taqdiri

    27.01.2024, 21:08

    “Taxtdagi odamovi”. Saroyda yashashni istamagan va o‘zini oddiy professor hisoblagan yevropalik diktator — Salazar taqdiri

    31.01.2024, 19:57

    “Kastro klani himoyasi ostida”. O‘z hayotini sir saqlaydigan va komandante oilasiga sodiq prezident — Migel Dias-Kanelning hokimiyatga kelishi

    03.02.2024, 19:50

    “Belarus global Janub tomon yuzlanmoqda” — ekspertlar

    10.02.2024, 19:15

    Zelenskiy Zalujniydan dadilroq harbiy rejani kutgan, ammo kutgani amalga oshmadi —  Bloomberg

    10.02.2024, 16:13

    “Tolibon” AQSH tomonidan tan olinishi uchun 10 yil kutishga tayyorligini bildirdi

    10.02.2024, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.