• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Belarus global Janub tomon yuzlanmoqda” — ekspertlar

    Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 7—9-fevral kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Belarus rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oqsaroyda tantanali ravishda kutib olindi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 1 mlrd dollardan oshirish vazifasi qo‘yildi.

    “Daryo” ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar haqida iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.

    – Belarus prezidenti qanday maqsadda O‘zbekistonga keldi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi 2023-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston senat raisi Tanzila Norboyeva Belarusga borganida hal bo‘lgan edi. Belarus – markaziy Yevropada joylashgan, industrial-agrar davlat hisoblanadi. Mamlakat aholisi 9 milliondan ko‘proq. 2023-yilda Belarus yalpi ichki mahsuloti (YIM) 55 milliard dollarni tashkil etdi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 91 milliard dollar.

    Belarusda baʼzi sohalarda sanoat yaxshi rivojlangan, dunyo bozoriga yaxshi mahsulotlar chiqaradi. Masalan, tog‘-kon sanoatida foydalanadigan katta “MAZ” yuk mashinalari ishlab chiqariladi. Ushbu ishlab chiqarish Belarusga Sovet Ittifoqidan meros bo‘lib qolgan. Hozir “MAZ” avtobuslarini O‘zbekistonda yig‘ish reja qilinmoqda. Bundan tashqari, Belarusda qishloq xo‘jaligi texnikalari yaxshi rivojlangan. Lekin shuni ham aytishimiz kerakki, mamlakat iqtisodi erkin va raqobat sharoitiga moslashmagan. Yaʼni, sanoatdagi asosiy korxonalar davlat qarmog‘ida. Oxirgi yillardagi Belarusning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilsak, mamlakatning iqtisodiy o‘sish suratlari yildan yilga kamayib borayotganini ko‘rish mumkin.

    Belarus YIM umumiy hisobda O‘zbekiston YIMdan 24 milliard dollarga kam. O‘zbekiston Belarus bilan iqtisodiy manfaatli hamkorlik qilishi mumkin va buni qilish ham zarur.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Belarus unitar davlat hisoblanadi. Mamlakat geografik nuqtayi nazardan juda qulay joyda joylashgan. Belarusda 1994-yildan buyon prezidentlik instituti shakllantirilgan. 6 ta prezidentlik saylovi o‘tkazilgan bo‘lsa, barchasida Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongan. U sobiq Sovet respublikalari rahbarlari orasida katta tajribaga ega.

    Belarus Yevropaga o‘ziga xos darvoza hisoblanadi. O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlik qilishi muhim. Chunki bizda qanchalik hamkorlik yo‘nalishimiz kengaysa, imkoniyatlarimiz ham ko‘payadi. Nazarimda, Belarusda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish uchun ehtiyoj ko‘proq. Hozirda Belarus asosiy eʼtiborni global Janub davlatlariga qaratgan. Shu boisdan Janub darvozasi sifatida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi. Belarus G‘arbdan ola olmayotgan mahsulotlarni Janub davlatlaridan olmoqchi. Bu borada O‘zbekistonning salohiyati boshqa davlatlarga qaraganda yuqori.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelgach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ancha iliqlashdi. Kuni kecha Belarus rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar vaqtida 10 dan ortiq hujjatlarga imzo qo‘yildi. Eʼtibor bersak, imzolangan barcha hujjatlar aniq kelishuvlar hisoblanadi. Mana shu ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozir Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 600 million dollardan oshgan. Ikki tomon bu ko‘rsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollarga chiqarishga kelishib oldi.

    Shuningdek, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida taʼlim sohasida ham hamkorlik aloqalari ancha jadallashgan. 2023-yilda Belarusda rektorlar forumi bo‘lib o‘tgan edi.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – IT sohasida postsovet hududida Belarus lider davlat hisoblanadi. Ayni ilm-fan yo‘nalishida Belarus bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun kerak.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Nega Belarus O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Shu kungacha O‘zbekistonning Belarus bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari baʼzi vaqtlarda yuqoriga ko‘tarildi, baʼzi vaqtlarda ancha tushib ketdi. O‘zbekiston birinchi prezidenti marhum Islom Karimov va Aleksandr Lukashenko o‘rtasida baʼzi kelishmovchiliklar yuz bergan. Bu kelishmovchiliklarning asosiy sababchisi Lukashenko bo‘lgan. U o‘zini ustomon siyosatchi sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Lekin ko‘pincha qovun tushirib qo‘yadi. Lukashenko Rossiyaga yaxshi ko‘rinish uchun Karimov olib borayotgan siyosatga qarshi gaplar aytgan.

    Bir necha yil oldin ham O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga nisbatan qandaydir nasihatlar qilgan edi. Lukashenko shunday xarakterli inson. Agar dunyo liderlarining xarakteriga qarab ish qilinsa, O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlar bilan munosabatlarni uzishi kerak bo‘lib qoladi. O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlari nuqtayi nazaridan Lukashenkoga o‘xshagan qitmir insonlar bilan ham kelishib ish olib borishimiz lozim.

    – O‘zbekistonning Belarusda qanday manfaatlari mavjud?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Lukashenko iqtisodiyotda Sovet tizimini saqlab qolgani bilan Belarusda IT sohasi xususiy sektor hisoblanadi. Belarusdagi IT kompaniyalarning milliard dollarlik daromadlari mavjud. O‘zbekiston ayni IT sohasida Belarus bilan hamkorlik olib borishi kerak. Bundan tashqari, Belarus ishlab chiqaradigan traktorlar G‘arb traktorlariga qaraganda arzon va sifatli.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Belarus rahbarining oxirgi davlat tashriflarini tahlil qiladigan bo‘lsak, u ko‘proq janub mamlakatlariga borgan. Misol uchun, Aleksandr Lukashenko 2023-yilning dekabr oyida Xitoyga rasmiy tashrif bilan borgan edi. Chunki G‘arb bilan aloqalar uzilgan va sanksiyalarga duchor bo‘lgan. Shuning uchun Belarus global janub tomon yuz burmoqda. Mana shu borada O‘zbekistonning imkoniyatlari katta. Bundan O‘zbekiston foydalanishi kerak.

    Bundan tashqari, MDH davlatlari orasida Belarus ilm-fan borasida Rossiyadan keyin taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. Bu sohada Belarus bilan hamkorlik qilish O‘zbekistonda ham ilm-fan taraqqiy etishi uchun imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston qanchalik ko‘p davlatlar bilan hamkorlik qilsa, bu O‘zbekistonning imkoniyatlarini shunchalik oshiradi.

    – Belarus G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lgan. U bilan yaqin hamkorlik O‘zbekistonga salbiy taʼsir ko‘rsatmaydimi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Oldingi chiqishlarimizda Ukraina urushida kim haq yoki kim nohaqligi haqida emas, balki O‘zbekiston bunday vaziyatdan qanday foyda ko‘rishi kerakligi haqida bosh qotirish lozimligini aytgan edik. Belarus bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun mana shunday imkoniyat. Agar sanksiyalarga tushib qolish xavfi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymasak, unda davr bergan imkoniyatdan to‘liq foydalanmagan bo‘lamiz.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Qancha ko‘p davlat bilan iqtisodiy munosabatlar o‘rnatsak, bizga shunchalik ko‘p foyda keladi. U bunday, bu bunday desak, rivojlanishdan ortda qolib ketamiz.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi

    10.02.2024, 19:15   Izoh (0)   10599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Zalujniydan dadilroq harbiy rejani kutgan, ammo kutgani amalga oshmadi —  Bloomberg

    10.02.2024, 16:13

    “Tolibon” AQSH tomonidan tan olinishi uchun 10 yil kutishga tayyorligini bildirdi

    10.02.2024, 15:35

    Amerikaning maxsus vakili “Tolibon” tomonidan hijob bahonasida qamalgan qizlar o‘z joniga qasd qilganini aytdi

    10.02.2024, 14:17

    Isroil Suriya poytaxti chekkasidagi hududlarga raketa hujumlari uyushtirdi

    10.02.2024, 11:40

    Polsha Putinning intervyusidagi ayblovlarga javob qaytardi

    10.02.2024, 10:38

    Rossiya Mudofaa vazirligi Bryansk viloyatiga dronlar hujumi uyushtirilgani haqida xabar berdi

    10.02.2024, 10:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.