9-fevral kuni Quyoshda eng yuqori darajadagi kuchli chaqnash qayd etildi. Bu so‘nggi besh yil ichida eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Bu haqda Rossiya Amaliy geofizika institutining geliogeofizika xizmati ma’lum qildi.
“9-fevral kuni 3576 (S14E10) rentgen diapazonidagi quyosh dog‘lari guruhida 38 daqiqa davom etgan chaqnash aniqlandi, u yuqori chastotali radioaloqa uzilishi bilan birga keldi”, deyiladi xabarda.
Hozirgi vaqtda quyosh rentgen nurlarining Yer ionosferasiga ta’siri, kosmik ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, besh ko‘rsatkichli shkala bo‘yicha R3 (kuchli) darajada.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal A0.0 klassi Yer orbitasidagi radiatsiya quvvatiga 1 kvadrat metrga 10 nanovattga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tishda quvvat 10 barobar ortadi. Chaqnash natijasida quyosh plazmasining otilishi ro‘y beradi, bu esa Yerda magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.
Izoh (0)