Ukraina Finlyandiyadan 190 million yevro miqdoridagi yangi yordam paketini oladi. Bu haqda Finlyandiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.
Mamlakat mudofaa vaziri Antti Xakkanen Ukrainani uzoq muddatda qo‘llab-quvvatlashning yangi usullarini izlash zarurligini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday rejani ishlab chiqish boshlangan.
Finlyandiya shu paytga qadar Ukrainaga 1,8 milliard yevro miqdorida yordam bergan.
Avvalroq, 2023-yilning 21-dekabrida Finlyandiya Ukrainani 2025–2026-yillarda qayta tiklash bo‘yicha 50 million yevro miqdoridagi rejani taqdim etgan edi.
Izoh (0)