Qoraqalpog‘istonda radioelektron vositalardan tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/08/2024-02-08 17.17.23-CgzRUvoK.jpg)
Maʼlum qilinishicha, 5-7-fevral kunlari “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hamda “EMMM” DUKning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Nukus shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazilgan.
Unda 6 nafar fuqaro 31 ta radioelektron vosita (ratsiya)dan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanib kelayotgani aniqlangan.
![](/static/2024/02/08/2024-02-08 17.17.26-bAt2rzGM.jpg)
Tadbir jarayonida fuqarolarga radioelektron vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, qurilmalar faoliyati to‘xtatildi. Ulardan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan qayta foydalanilgan taqdirda “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 152-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Izoh (0)