Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Boris Nadejdinni mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatga olmadi. Bu haqda siyosatchi nomzodlarni ro‘yxatga olish komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
“Markaziy saylov komissiyasining qaroriga qo‘shilmayman. Men butun Rossiya bo‘ylab 200 mingdan ortiq imzo to‘pladim. Biz imzo yig‘ishni ochiq va shaffof o‘tkazdik — butun dunyo bizning bosh ofisimiz va yig‘ish punktlaridagi navbatlarni kuzatdi.
2024-yilgi prezidentlikka nomzodim hayotimdagi eng muhim siyosiy qarordir. Men niyatimdan qaytmayman. Markaziy saylov komissiyasining rad javobi ustidan Rossiya Oliy sudiga shikoyat qilaman”, — deydi Nadejdin.
Boris Nadejdin urushga ochiqdan ochiq qarshi chiqqan va Rossiya prezidentligi uchun kurashayotgan yagona siyosatchi hisoblanadi. Uning nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun 100 va 105 ming imzo to‘plashi kerak edi.
“Boris Nadejdinni qo‘llab-quvvatlagan deyarli 105 ming imzodan 95 ming 587 imzo haqiqiy deb topildi va bu uning saylovda qatnashish uchun nomzodini ro‘yxatga olish imkonini bermaydi”, — deb xabar qildi MSK.
Izoh (0)