Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlarga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruriyatini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh (0)