Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 25,98 so‘mga pastlab, 12 458,02 so‘m bo‘ldi. Yevro 21,96 so‘mga ko‘tarilib, 13 416,04 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,75 so‘mga tushib, 136,74 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 484 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)