Statistika agentligi O‘zbekistonning qaysi hududida qancha MCHJ borligi haqida maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, respublikada 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 306 ming 459 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyat ko‘rsatmoqda.
MCHJlarning eng ko‘pi poytaxtda — 77 ming 256 ta. Eng kami esa Sirdaryo viloyatida — 9 ming 505 ta.
Shuningdek:
- Toshkent viloyati — 30 904 ta;
- Samarqand viloyati — 23 523 ta;
- Farg‘ona viloyati — 23 007 ta;
- Buxoro viloyati — 21 523 ta;
- Andijon viloyati — 20 433 ta;
- Namangan viloyati — 18 044 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 17 171 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 16 262 ta;
- Xorazm viloyati — 13 923 ta;
- Jizzax viloyati — 12 151 ta;
- Navoiy viloyati — 11 463 ta;
- Surxondaryo viloyati — 11 294 ta.
Izoh (0)