2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 43 ming 485 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yilda 27 ming 345 ta ana shunday korxona bor bo‘lgan, 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 5 ming 66 taga oshib, 32 ming 411 tani tashkil etgan.
Shuningdek, keyingi yillarda mazkur ko‘rsatkich quyidagicha bo‘lgan:
- 2022-yilda – 35 332 ta;
- 2023-yilda – 39 451 ta;
- 2024-yilda – 43 485 ta.
Izoh (0)