Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda rus tili va adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. 2024-yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.SH. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va SH.B.larni kaltaklagan.
O‘quvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.SH.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.
Izoh (0)