Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablarning birida o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Keltirilishicha, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, viloyat IIB nazoratiga olingan. Boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga asosan maktabdagi holat o‘rganildi. O‘rganishlar yakuni yuzasidan fan o‘qituvchisiga Mehnat kodeksiga asosan taʼsir choralari qo‘llandi. Endilikda o‘rnatilgan tartib asosida maktab faoliyati batafsil o‘rganilib, qolgan masʼullarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishi aytildi.
“Qashqadaryo MMTB pedagoglar o‘quvchilarni kaltaklashi, ularni obro‘sizlantirish holatini keskin qoralaydi hamda hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilayotganini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)