Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 21,88 so‘mga ko‘tarilib, 12 469,89 so‘m bo‘ldi. Yevro 147,01 so‘mga pastlab, 13 410,12 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,65 so‘mga tushib, 136,82 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 448,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Tijorat banklarida 5-fevral kuni dollar kursi 12 500 so‘mdan oshdi.
Izoh (0)