Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 15,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 448,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 131,98 so‘mga oshib, 13 557,13 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,21 so‘mga pastlab, 137,47 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 12,76 so‘mga ko‘tarilib, 12 433 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi pastlagandi.
Izoh (0)