Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yil 2-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq vakillari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga Kongratbay Sharipov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladi. Prezident farmoni bilan Kongratbay Sharipov O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh (0)