AQSh hukumati Hindistonga qiymati 3 milliard dollarlik 31 dona MQ-9A Sea Guardian va Sky Guardian dronlarini sotishni to‘xtatdi. Shartnomani davom ettirish uchun “Xalistan” harakati yetakchisi Gurpatvant Singx Pannunni o‘ldirishga urinish jiddiy tergov qilinishi kerak, deb yozadi The Wire manbalarga tayanib.
“Shartnoma Pannunga suiqasd uyushtirishga urinish tufayli AQSh Kongressida qolib ketdi. AQSh vakillari sotuv jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan qonunchilik harakatini muzlatib qo‘yishdi”, — dedi nashr suhbatdoshi.
AQSH Hindistondan Panjob viloyatining bir qismini Xalistan deb nomlangan alohida shtat sifatida ajralib chiqishi tarafdori bo‘lgan Gurpatvant Singx Pannunga uyushtirilgan suiqasdni tekshirishni talab qilmoqda.
Nihil Gupta Pannunni o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda. U iyun oyidan beri Chexiya Respublikasida hibsda saqlanmoqda.
AQSh Kongressi tergovdan qanoatlangach, AQSh hukumati Hindistonga dronlar sotish masalasini ko‘rib chiqishni davom ettiradi, dedi manba. Vashington avvalroq tergov barcha aybdorlar, jumladan, Hindiston hukumati vakillarini ham javobgarlikka tortishi kerakligini aytgan edi.
Izoh (0)