Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi yanvar oyida 8 milliard dollarga oshdi.
Tegishli indeks dunyoning eng badavlat 500 kishisidan iborat bo‘lib, ularning boyligi o‘z ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalari narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Indeksda ko‘rsatilgan rossiyalik barcha 26 nafar tadbirkorning umumiy boyligi 1-fevral holatiga ko‘ra 507,14 milliard dollarni tashkil etadi.
Rossiyalik milliarderlar orasida “Severstal” egasi Aleksey Mordashovning kapitali eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Jumladan, uning boyligi 2,14 milliard dollarga oshdi. Rossiyaning eng boy tadbirkori, indeksga ko‘ra, “Interros” xoldingi va “Norilsk Nikel” prezidenti Vladimir Potanin hisoblanadi, uning boyligi 31,7 milliard dollarga baholanmoqda, ikkinchi o‘rinda “Novatek” rahbari Leonid Mixelson (27,4 milliard dollar), uchinchi o‘rinda — “Lukoyl” ta’sischilaridan biri Vagit Alekperovdir (25,5 milliard dollar).
O‘z navbatida, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi 124 million dollarga kamayib, 21,1 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Izoh (0)