O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Bu haqida O‘zbekiston terma jamoasi shifokori Alisher Aripovga tayanib, “Championat Asia” ma’lum qilmoqda.
Sergeyev Dohadagi “Aspetar” shifoxonasida jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan.
Taxminlarga ko‘ra, futbolchi 6 oy davomida jarohatini davolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahsda (1:1) jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Izoh (0)