Navoiy viloyatida noqulay ob-havo natijasida asosan Navoiy shahri hamda Karmana, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlarining elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari”ning viloyat filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, elektr taʼminotida yuzaga kelayotgan vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish ishlari elektr taʼminotining tezkor chiqish brigadalari hamda unga aloqador barcha xizmatlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.
Avvalroq “O‘zgidromet” 29-yanvar, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qilgandi. Unda O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Izoh (0)