“O‘zgidormet” 29—31-yanvar kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda qor yog‘adi, 31-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-yanvarda 3-8 daraja sovuq, 31-yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 29-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 30-31-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, 29-yanvarda 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 31-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, 29-yanvarda 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-yanvarda 2-7 daraja iliq, 30-yanvarda 0-5 daraja iliq, 31-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-yanvarda 0-5 daraja iliq, 31-yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 29-yanvarda 5-10 daraja iliq, 30-31-yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 29-yanvarda baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 30-yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)