Buyuk Britaniya qiroli Charlz III prostata bezi kattalashgani tashxisi qo‘yilganidan so‘ng operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
![](/static/2024/01/27/photo_2024-01-27_09-36-43-4xHZ9099.jpg)
Nashrning yozishicha, operatsiyadan keyin 75 yoshli monarx o‘zini yaxshi his qilmoqda. Avvalroq qirolicha Kamilla operatsiya o‘tkazilayotgan xususiy shifoxonadan chiqib, jurnalistlarga qirolning ahvoli yaxshi ekanini aytgandi.
17-yanvar kuni Bukinghem saroyi Charlz III prostata bezi kattalashgani tufayli davolanish uchun shifoxonaga yotqizilishini e’lon qildi, bu esa uning ommaviy tadbirlari qoldirilishiga sabab bo‘ldi. Saroy rasmiylari, shuningdek, u qirollik vazifalaridan vaqtincha voz kechishini aytdi.
Prostata bezining kattalashishi 50 yoshdan oshgan erkaklarda keng tarqalgan. Odatda bu jiddiy emas va bemorda prostata saratoni rivojlanish xavfi yuqori ekanini anglatmaydi.
Izoh (0)