Angliyaning York shahri politsiyasi Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va uning rafiqasi qirolicha Kamilla tomon bir nechta tuxumni uloqtirgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Meduza.
Qirollik juftligining York shahriga tashrifi chog‘ida uni kutib olishga chiqqan odamlar ichidan bir erkak qirol va uning rafiqasiga qarata tuxum uloqtirgan. Olomon esa erkakning bu harakatiga javoban hushtak chalib, “Xudo qirolni asrasin”, “Uyat” deb baqirishga tushgan.
Hodisaning videosiga qaraganda, qirol va uning xotini tomon kamida to‘rtta tuxum uloqtirilngan. Ularning hech biri Charlz yoki Kamillaga tegmagan.
Sky News xabariga ko‘ra, hibsga olish chog‘ida ayblanuvchi Buyuk Britaniya “qullar qoni ustiga qurilgan” deb baqirgan.
Qirollik juftligi boshqa narsalar qatori qirolicha Yelizaveta II haykali, uning vafotidan keyin o‘rnatilgan birinchi yodgorlikni ochib berish uchun Yorkga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)